YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY HISOBOTNI TAKOMILLASHTIRISHNING ZARURATI
Abstract
Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasi sharoitida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini takomillashtirishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ekologik barqarorlik, resurslardan oqilona foydalanish hamda iqlim xavflarining moliyaviy natijalarga ta’siri buxgalteriya axborot tizimida yetarlicha aks ettirilmayotgani aniqlanadi. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS), xususan IFRS Conceptual Framework, IAS 41, IFRS S1 va IFRS S2 talablaridan kelib chiqib, yashil iqtisodiyot elementlarini hisob va hisobotga integratsiyalashning metodologik yo‘nalishlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida ekologik aktiv va majburiyatlarni tan olish, baholash hamda ochiqlashga oid takomillashtirilgan hisob modeli ishlab chiqiladi va amaliy tavsiyalar taklif etiladi.
Fields of Study & Subjects
Accounting and Financial Management
Accounting Theory and Financial Reporting
Corporate Social Responsibility Reporting
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 15 March 2026
- Language
- UZ