TIBBIY TA'LIMDA SIMULYATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Irgasheva Maxbubaxon Davlatjon qizi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada tibbiy ta’lim jarayonida simulyatsion texnologiyalardan foydalanishning pedagogik va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy tibbiy ta’lim tizimida nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda klinik ko‘nikmalarni xavfsiz muhitda shakllantirishda simulyatsion metodlarning o‘rni alohida ekanligi yoritiladi. Tadqiqot davomida simulyatsion treninglar, virtual bemorlar, manekenlar va interaktiv o‘quv platformalaridan foydalanish talabalarning klinik fikrlashini rivojlantirishi, qaror qabul qilish qobiliyatini oshirishi hamda amaliy ko‘nikmalarni samarali shakllantirishga xizmat qilishi aniqlangan. Shuningdek, simulyatsion texnologiyalar o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, tibbiy xatoliklar xavfini kamaytirish va ta’lim sifatini takomillashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari tibbiy ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Simulation-Based Education in Healthcare Innovations in Medical Education Surgical Simulation and Training

Publication details

Journal / source
SOUTH ARAL SEA MEDICAL JOURNAL
Publication date
15 March 2026
Language
UZ