GULXANIYNING ''ZARBULMASAL'' ASARIDAGI MAQOLLARDA QOʻLLANGAN SOʻZ BIRIKMALARI VA KELISHIKLAR

Read full text
Authors: Umurzoqova Habiba
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Gulxaniy ijodida qo‘llanilgan maqollarning til xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, maqollarda uchraydigan so‘z birikmalari va kelishik shakllarining grammatik hamda semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotda “Qalovini topsa, qor yonar, qalovini topmasa qaqshol o‘tin ham yonmas”, “Ko‘r tutganini qo‘ymas, kar eshitganini”, “Uyat o‘limdan qattiq” kabi maqollar misolida boshqaruv, bitishuv va moslashuv kabi so‘z birikmasi turlari hamda qaratqich, tushum, jo‘nalish, chiqish va o‘rin-payt kelishiklarining qo‘llanishi tahlil qilinadi. Maqollar tarkibidagi sintaktik qurilish xalq tafakkuri va tilning obrazlilik xususiyatini yoritishda muhim manba ekanligi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilshunosligida maqollar sintaksisini o‘rganish hamda badiiy matn tilini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Turkic and Altaic Linguistics Linguistic research and analysis Syntax Semantics Linguistic Variation

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 March 2026
Language
UZ