Oʻqish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash (2-sinf misolida)

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Abdiyeva Shakila Ishkuvatovna
Cited by: 0
References: 1

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Mazkur maqolada 2-sinf o‘qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlashning ilmiy-metodik asoslari tahlilqilindi. Tadqiqotning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, boshlang‘ich ta’limda o‘qish texnikasini shakllantirishning o‘zi yetarliemas; o‘quvchi matnni anglashi, asosiy g‘oyani ajrata olishi, savollarga dalilli javob berishi, qahramonlarga munosabatbildirishi va o‘qilgan mazmunni yangi nutqiy vaziyatda qo‘llay olishi lozim. PIRLS yondashuvida ham o‘qish savodxonligifaqat ovoz chiqarib o‘qish emas, balki matnni tushunish va undan foydalanish qobiliyati sifatida talqin qilinadi; bu esa2-sinfni keyingi bosqichlar uchun tayyorlovchi hal qiluvchi davrga aylantiradi. Maqolada mahalliy tadqiqotlar, 2-sinf “Onatili va o‘qish savodxonligi” darsligi hamda o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma asosida matn bilan ishlashning bosqichlimodeli ishlab chiqildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, 2-sinfda matn ustida ishlash samaradorligi matn oldi tayyorgarlik,lug‘at ustida tizimli ish, ifodali o‘qish, qayta hikoyalash, qismlarga ajratish, reja tuzish, asosiy so‘zlarni belgilash va ijodiyrefleksiyaning o‘zaro bog‘liqligiga tayanadi. Shuningdek, rasm asosida matn tuzish, savol-javob, rolli o‘qish, guruhli tahlilva interfaol lug‘at ishlari o‘quvchilarning anglab o‘qish, nutqiy faollik va tanqidiy fikrlashini sezilarli darajada kuchaytiradi.Maqolada 2-sinf uchun matn ustida ishlashning optimal didaktik modeli taklif qilingan va uning amaliy ahamiyati asoslabberilgan.

Fields of Study & Subjects

Reading and Literacy Development Literacy and Educational Practices Language Acquisition and Education

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 March 2026
Language
UZ