ONА TILI DАRSLARINI 5E MОDЕLI ASОSIDА TАSHKIL ETISH MЕTОDIKASI

Read full text
Authors: Turopova Orzibi Dalaboyevna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ona tili darslarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Xususan, ta’lim jarayonida keng qo‘llanilayotgan 5E modeli (Engage, Explore, Explain, Elaborate, Evaluate) ning metodik imkoniyatlari hamda uning ona tili darslarida qo‘llanish xususiyatlari yoritib beriladi. Tadqiqotda 5E modelining bosqichlari asosida darsni loyihalash, o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ona tili ta’limida interfaol metodlardan foydalanish, dars jarayonini muammoli vaziyatlar asosida tashkil etish hamda o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashning metodik jihatlari tahlil etiladi. 5E modelining ona tili darslarida qo‘llanishi o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish hamda bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash imkonini berishi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 5E modeli asosida tashkil etilgan ona tili darslari o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashda muhim metodik vosita bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Language Acquisition and Education Educational methodologies and cognitive development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 March 2026