Shaxsga yo'naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida bo'lajak o'qituvchilarning kongruentlik qobiliyatini rivojlantirishning metodik ta'minoti

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Nilufar Qobilova
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Mazkur maqolada oliy pedagogik ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy shakllanishini ta’minlovchimuhim shaxsiy-kasbiy sifatlardan biri kongruentlik qobiliyatini rivojlantirishning metodik ta’minoti ilmiy-nazariy vaamaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda metodik ta’minot bo‘lajak o‘qituvchilarning ichki kasbiy qadriyatlari, emotsional-psixologikholati va pedagogik faoliyatdagi xatti-harakatlari o‘rtasidagi uyg‘unlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogikusullar, shakllar, vositalar va shart-sharoitlar majmuasi sifatida talqin etiladi. Maqolada shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviyva loyihaviy yondashuvlar integratsiyasi asosida kongruentlik qobiliyatini rivojlantirishning metodik mexanizmlariasoslab beriladi. Xususan, individual va guruhiy loyihalar, muammoli pedagogik vaziyatlar, refleksiv mashg‘ulotlar,treninglar va portfel texnologiyalaridan foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini anglashini, refleksiv tafakkurinihamda emotsional barqarorligini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi.Tadqiqotda metodik ta’minot tarkibida professor-o‘qituvchilarning fasilitatorlik va tyutorlik faoliyatining ahamiyati alohidata’kidlanib, konstruktiv pedagogik muloqot va muntazam feedback bo‘lajak o‘qituvchilarda ochiqlik, ishonch va kasbiymoslikni shakllantirishda muhim omil ekanligi ilmiy asoslanadi. Shuningdek, kongruentlik qobiliyatining rivojlanish darajasinianiqlashda diagnostik vositalar va matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi.Maqola natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy uyg‘unligini ta’minlash, pedagogik faoliyatni insonparvarlashtirishhamda oliy pedagogik ta’lim tizimida zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmatqilishi bilan ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Teacher Professional Development and Motivation Education Psychology and Social Research Teacher Education and Leadership Studies

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 March 2026
Language
TR