MIRZACHO'L SHAROITIDA DORIVOR O'SIMLIKLAR EKISH VA ULARNING AGROEKALOGIK MOSLASHUVI

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Abdurasulova Urinboy qizi Nurjahon, Jahongir Hazratqulovich Karshiboyev
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Ushbu maqola Mirzacho‘l hududida dorivor o‘simliklarni agroekologik sharoitlarda o‘rganish va ularning mahalliy ekologik xususiyatlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotlar hududning o‘ziga xos tepalik va pasttekislik rel’yefi, tuproq tarkibi, iqlim sharoitlari, gidrologik xususiyatlari va suv resurslarining mavjudligi asosida olib borilgan. Mirzacho‘l hududi Sirdaryo viloyatining sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, uning rel’yefi Turon tog‘laridan shimol va shimol-g‘arbga tomon pasayadi, balandligi dengiz sathidan 230–350 m orasida o‘zgaradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hududning tuproq tarkibi va sho‘rlanish darajasi dorivor o‘simliklarning o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, hududda kuchli va doimo esib turuvchi shamol mavjudligi tuproqning yuqori qatlamlarini tez quritadi va sho‘rning yuzaga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Ushbu iqlim va gidrologik sharoitlar dorivor o‘simliklarning vegetatsion davri va hosildorligiga bevosita ta’sir qiladi. Olingan natijalar Mirzacho‘lning sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan yerlarida dorivor o‘simliklarni barqaror yetishtirish, ularning xom-ashyosini ta’minlash va bioekologik monitoringni tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega.Hududda olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar dorivor o‘simliklarni barqaror yetishtirish, ularning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va dorivor xom-ashyo resurslarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, maqola dorivor o‘simliklarni sug‘oriladigan maydonlarda ekish, ko‘paytirish va plantatsiyalar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ham beradi.

Fields of Study & Subjects

Soil and Land Suitability Analysis Plant and soil sciences Plant Growth and Agriculture Techniques

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
20 March 2026
Language
UZ