Abstract
Jiyda o‘simligining kimyoviy tarkibi va farmakologik xususiyatlari. 10.5281/zenodo.19158140 1Mirzayeva Zubayda Odiljon qizi, 2Tolipov Shohislom Dilshodbek o‘g’li 1Andijon davlat pedagogika instituti, Kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi 2Andijon davlat pedagogika instituti, Kimyo yo‘nalishi 2-bosqich talabasi. Annotatsiya: Ushbu maqolada jiyda o‘simligiga tavsif, kimyoviy tarkibi va farmakologik xususiyatlari haqida ilmiy adabiyotlarning tahlili keltirilgan. Kalit so‘zlar: Jiyda (Elaeagnaceae), Daraxtsimon buta, Tikanli novdalar, Lansetsimon burglar, Gullarning qo‘ng‘iroqsimon shakli, Xushbo‘y hid, Mevalar: shirin, unsimon, zaytunsimon, Meva tarkibi: shakar, glyukoza, fruktoza, taninlar,Organik kislotalar Po‘stlog‘ va barglarning kimyoviy tarkibi, Askrobin kislotasi, Mikroelementlar: mis, rux, xrom, alyuminiy, nikel, kamed ajralishi. Аннотация: В статье представлен анализ научной литературы по описанию, химическому составу и фармакологическим свойствам растения. Ключевые слова: Elaeagnaceae, Древовидный кустарник, Колючие ветки, Колючки ланцетной формы, Цветки колокольчатые, Ароматный запах, Плоды: сладкие, мучнистые, оливковые, Состав плодов: сахар, глюкоза, фруктоза, дубильные вещества, Органические кислоты Po Химический состав. стебля и листьев, Аскорбиновая кислота, Микроэлементы: медь, цинк, хром, алюминий, никель, камед сепарация. Abstract: This article presents an analysis of the scientific literature on the description, chemical composition, and pharmacological properties of the zhiyda plant. Key words: Elaeagnaceae, Tree-like shrub, Thorny branches, Lanceolate bracts, Bell-shaped flowers, Fragrant aroma, Fruits: sweet, mealy, olive-like, Fruit composition: sugar, glucose, fructose, tannins, Organic acids Chemical composition of bark and leaves, Ascorbic acid, Microelements: copper, zinc, chromium, aluminum, nickel, release of calcium. Kirish: Jiyda -Elaeagnaceae oilasiga mansub daraxtsimon buta,qizil-jigarrang po‘stlog‘i,yirik poyali tikanlari,lansetsimon tor barglari mavjud. Gullari kalta gulbandlarda joylashgan,mayda, 1 sm dan oshmaydi. Ular barglarning qo‘ltiqlarida 1-3 donadan joylashgan.Har bir gulda oddiy to‘rt a’zoli qo‘ng‘iroqsimon gulqo‘rg‘oni, 4 tachangchi va ipsimon ustunchali urug‘chi mavjud. Hasharotlar yordamida o‘zaro changlanadi. Gullash paytida gullarning xushbo‘y shirin hidi uzoqdan seziladi. Mevalari ovalsimon, unsimon, sarg‘ishqo‘ng‘irrang, danak meva, shakli zaytunga o‘xshaydi. Mevasi shirin, unsimon, ozgina biriktiruvchi ta’mga ega. O‘simlikning bo‘yi 10 metr balandlikka yetadi. Mevalar tarkibida 40% dan ortiq shakar, shujumladan, glyukoza (taxminan 20%) va fruktoza (10% dan ortiq), oqsil,fosfor va kaliy tuzlari, 40% gacha bog‘langan va erkin taninlar, bo‘yoqlar, organik kislotalar mavjud. Po‘stlog‘i tarkibida taninlar, bo‘yoqlar va alkaloidlar; barglarda askorbin kislotasi (0,1-0,3%) mavjud. jiyda daraxtining novdalari va tanasida ma’lum darajada kamed mavjud bo‘lib, o‘simlik 5-12 yoshida kuchli ajralib chiqadi. Gulo‘rni tarkibida ko‘plab mikroelementlar – mis, rux, xrom, alyuminiy, nikel; novdalarida – efir moyi (0,3%) mavjud. Jiyda preparatlari kam toksik hisoblanadi, xolinolitik ta’sirga ega, shuningdek, nafas olish tizimiga va yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va qon bosimini pasaytiradi.Ichaklarni, oshqozon, oshqozon osti bezi, buyrak va yurak kasalliklarinidavolashda ishlatiladi. Jiyda mevalari tinchlantiruvchi ta’sirga ega, uxlatuvchi vositalarining ta’sirini kuchaytiradi, mo‘ljal olish reaksiyalarini bostiradi, g‘azablanish va tajovuzkorlikni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Mevadan kolloid va taninlarning konsentrati – pshatin olingan. Pshatin enterokolit va boshqa ovqat hazm qilish kasalliklari uchun biriktiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bemorlar preparatni ichga qabul qilganda ovqat hazm qilish tizimining funksiyalari va umumiy holati yaxshilanadi; og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish kasalliklarida og‘iz chayiladi. Xuddi shu maqsadda xalq tabobatida meva damlamasidan foydalaniladi. Quyidagi jadvalda jiyda o’simligining xususiyatlariga tavsif berilgan Xususiyatlari Tavsifi Oila va tashqi ko‘rinishi Elaeagnaceae oilasi, daraxtsimon buta, qizil-jigarrang po‘stlog‘i, lansetsimon barglari. Gullari Mayda, 1 sm dan kichik, barg qo‘ltiqlarida joylashgan, xushbo‘y hidga ega. Mevalari Ovalsimon, shirin, unsimon, zaytunga o‘xshash, danak meva. Kimyoviy tarkibi Shakar (40%), glyukoza, fruktoza, oqsil, fosfor, kaliy tuzlari, taninlar, organik kislotalar. Tibbiy qo’llanishi Yurak faoliyatini yaxshilash, qon bosimini pasaytirish, oshqozon va ichak kasalliklarini davolash. Xulosa. Jiyda (Elaeagnaceae oilasi) inson salomatligiga foydali bo‘lgan o‘simliklardan biri hisoblanadi. Uning po‘stlog‘i, barglari, gullari va mevalari turli xil shifobaxsh xususiyatlarga ega. Jiydaning mevalari boy shakar, oqsil, kaliy va fosfor tuzlari, taninlar, organik kislotalar hamda mikroelementlar bilan to‘yingan. Shuningdek, o‘simlikning ayrim qismlarida efir moylari va alkaloidlar mavjud. Jiyda preparatlari kam toksik bo‘lib, nafas olish tizimi, yurak faoliyati va qon bosimini normallashtirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ichak, oshqozon, buyrak va yurak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Uning mevalaridan tayyorlangan damlamalar tinchlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va biriktiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Shu sababli jiyda an’anaviy va xalq tabobatida keng qo‘llanilib, ko‘plab kasalliklarni davolashda samarali vosita sifatida qadrlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ботанико-фармакогностический словарь // Под ред. Блиновой К.Ф. – М.: Высшая школа, 1990. – 272 с. 2. Гаммерман А.Ф., Кадаев Г.Н., Янценко-Хмелевич А.А. Лекарственные растения (растения-целители). – М.: Высшая школа, 1984. – 400 с. 3. Государственный реестр лекарственных средств. Официальное издание: в 2 т.- М.: Медицинский совет, 2009. – Т.2, ч.1 – 568 с.; ч.2 – 560 с. 4. Лавренов В.К., Лавренова Г.В. Энциклопедия лекарственных растений народной медицины. Санкт-Петербург: Нева, 2003. – 83 с. 5. Лесиовская Е.Е., Пастушенков Л.В. Фармакотерапия с основами фитотерапии. Учебное пособие. – М.: ГЭОТАР-МЕД, 2003. – 592 с.