RISHTON TUMANI TUPROQLARINING GRANULOMETRIK TARKIBI, AGROKIMYOVIY KO'RSATKICHLARI VA SHO'RLANISH HOLATINI BAHOLASH

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Yosin Soyibjon o'g'li Nosirov
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Mazkur maqolada Rishton tumani tuproqlarining granulometrik tarkibi, agrokimyoviy ko‘rsatkichlari hamda sho‘rlanish holati kompleks baholandi. Tadqiqot davomida tuproq namunalarida zarralarning fraksion tarkibi (tosh, shag‘al, qum va chang fraksiyalari), harakatchan fosfor, almashinuvchan kaliy, gumus miqdori, pH ko‘rsatkichi va quruq qoldiq miqdori aniqlanib, sho‘rlanish darajasi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tadqiq etilgan uchastkalarda granulometrik tarkib asosan qumli va shag‘alli fraksiyalar ustunligi bilan tavsiflanadi. Tuproqlarda harakatchan fosfor miqdori juda kam darajada ekanligi, almashinuvchan kaliyning esa hududlar bo‘yicha o‘zgaruvchanligi aniqlandi. Gumus miqdori past ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Sho‘rlanish darajasi namuna olingan joylarga ko‘ra farqlanib, sho‘rlanmagan, o‘rtacha sho‘rlangan va sho‘rxok tuproqlar mavjudligi qayd etildi. Olingan natijalar hudud tuproqlarining unumdorlik darajasini oshirish hamda meliorativ tadbirlarni rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Agricultural Science and Fertilization Plant Growth and Agriculture Techniques Soil Science and Environmental Management

Publication details

Journal / source
Educational Research in Universal Sciences
Publication date
22 March 2026
Language
UZ