BANK TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH VA ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Abdullayeva Irodaxon Xusniddin qizi
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Hozirda O‘zbekiston bank tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish masalasi mamlakatning umumiy raqamli transformatsiya jarayonining muhim qismi hisoblanib kelmoqda. Ushbu tezisda bank sektorida mobil ilovalar, sun’iy intellekt, blokcheyn, bulutli hisoblash va avtomatlashtirish kabi zamonaviy texnologiyalarning roli ko‘rib chiqildi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, bank tizimini isloh qilish dasturlari va xalqaro tajribaga asoslangan holda raqamli xizmatlarning aholiga qulaylik yaratishi, operatsion jarayonlarni soddalashtirishi va moliyaviy xizmatlarni kengaytirishi tahlil qilindi. O‘zbekistonda tijorat banklari tomonidan joriy etilayotgan masofaviy xizmatlar, onlayn to‘lov platformalari va biometrik tasdiqlash tizimlari misolida mahalliy rivojlanish ko‘rsatilgan. Tezisning asosiy maqsadi O‘zbekiston sharoitida raqamli texnologiyalarning samaradorligini oshirishning amaliy yo‘llarini taklif etishdan iboratdir. O‘rganib chiqilgan ma’lumotlarga asoslanib, kibertahdidlarga qarshi kurash, kadrlar malakasini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, ushbu yondashuv orqali banklarning raqobatbardoshligini oshirish, aholining moliyaviy inklyuziyasini ta’minlash va iqtisodiyotning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi degan xulosaga kelindi

Fields of Study & Subjects

Digital Transformation in Financial Services Banking Sector Performance and Management FinTech Crowdfunding Digital Finance

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
25 March 2026
Language
UZ