ELEKTROMAGNIT TO'LQINLAR MAVZUSINI O'QITISHDA MASALA YECHISHNING METODIK AHAMIYATI

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Zokirov Mamajon, Rustamov Iskandar
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Ushbu maqolada akademik litsey fizika kursidagi elektromagnit to‘lqinlar mavzusini o‘qitishda masala yechishning metodik ahamiyati yoritilgan. Mavzuning o‘ziga xos murakkabligi, undagi fizik kattaliklar o‘rtasidagi bog‘lanishlar hamda to‘lqin jarayonlarining vizual tasvirlanishi masalalarni yechish orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Maqolada masala yechishning bosqichma-bosqich tashkil etilishi, muammoli ta’lim metodi hamda grafik tahlil metodining qo‘llanilish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Taklif etilgan metodik yondashuv o‘quvchilarning analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, fizik jarayonlarni tushunish chuqurligini oshirish va fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Outcomes Science Education and Pedagogy Problem and Project Based Learning

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
25 March 2026
Language
UZ