LALMIKOR SHAROITDA YUMSHOQ BUG'DOY (TRITICUM AESTIVUM L.) F2 DURAGAYLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Summary
No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.
Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.Abstract
УДК: 633.111.1 LALMIKOR SHAROITDA YUMSHOQ BUG‘DOY (TRITICUM AESTIVUM L.) F2 DURAGAYLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISH BOSQICHLARI Amirov Otabek Haydar o‘g‘li 3-bosqich tayanch doktorant Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, G‘allaorol shaxri otabekamirovbio@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19239955 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada lalmikor sharoitda yetishtirilgan yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) F₂ duragaylarining fenologik rivojlanish bosqichlari tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqot jarayonida duragaylarning unib chiqish, boshoqlash va donning pishish fazalarining davomiyligi tahlil qilindi. Fenologik kuzatuvlar asosida duragay shakllar va andoza nav o‘rtasida rivojlanish sur’ati, vegetatsiya davri davomiyligi va erta pisharlik darajasi bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Olingan natijalar lalmikor hududlarga moslashuvchan, qurg‘oqchilikka chidamli va qisqa vegetatsiya davriga ega navlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yumshoq bug‘doy F2 duragaylari ustida o‘tkazilgan nazorat tajriba natijalaridan kelib chiqib, erta boshoqlash va erta pishish fazasiga kirgan duragay tanlab olindi. Kalit so‘zlar: yumshoq bug‘doy, avlod, duragay, unib chiqish, boshoqlash, pishish, vegetativ, generativ, faza.
Fields of Study & Subjects
Wheat and Barley Genetics and Pathology
Genetics and Plant Breeding
Agricultural Productivity and Crop Improvement
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 26 March 2026
- Language
- UZ