INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA KLIMAKSNING LINGVOKULTUROLOGIK MAZMUNI VA MILLIY TAFAKKURDAGI O'RNI

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Turaxon Abduraxmanov Saydullayevich, Worldy Knovledge Publishing Centre
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillarida klimaksning lingvokulturologik mazmuni hamda uning milliy tafakkurdagi o‘rni qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Klimaks nutqning emotsional, semantik va mantiqiy jihatdan bosqichma-bosqich kuchayib borishini ifodalovchi stilistik vosita sifatida har ikki tilning lingvokulturologik xususiyatlarini aks ettiruvchi muhim vosita sifatida o‘rganiladi. Tadqiqotda klimaksning ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llanish xususiyatlari, madaniy omillar bilan bog‘liqligi hamda milliy tafakkur va mentalitetni ifodalashdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Ishda lingvokulturologik, qiyosiy-tipologik, diskursiv va pragmatik tahlil metodlaridan foydalanilgan holda ingliz va o‘zbek nutqida klimaksning funksional-semantik xususiyatlari aniqlanadi. Shuningdek, har ikki tilda klimaksning badiiy matnlarda, publitsistik nutqda hamda kundalik kommunikatsiyada qo‘llanishi orqali milliy tafakkur, qadriyatlar, madaniy stereotiplar va mental xususiyatlar ifodalanishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida ingliz tilida klimaks ko‘proq individualizm, pragmatizm va mantiqiy izchillik asosida shakllanishi, o‘zbek tilida esa jamoaviylik, emotsionallik, hurmat va milliy qadriyatlar asosida rivojlanishi aniqlangan. Bu esa klimaksning lingvokulturologik vosita sifatida milliy tafakkurni ifodalashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot natijalari lingvokulturologiya, qiyosiy tilshunoslik, pragmalingvistika hamda diskurs tahlili yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Language and Culture Linguistic research and analysis Language Communication and Linguistic Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
28 March 2026
Document type
Dataset