KLIMAKSNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Summary
No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.
Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.Abstract
Mazkur tezis klimaksning nazariy-metodologik asoslari tilshunoslik nuqtayi nazaridan keng yoritiladi. Klimaks nutqning emotsional, semantik va mantiqiy jihatdan bosqichma-bosqich kuchayib borishini ifodalovchi stilistik vosita sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda klimaksning tilshunoslikdagi o‘rni, strukturaviy xususiyatlari, turlari hamda funksional imkoniyatlari ilmiy asosda o‘rganiladi. Ishda klimaksni o‘rganishning asosiy metodologik yondashuvlari — struktur-semantik, pragmatik, diskursiv va kognitiv tahlil usullari asosida tadqiq etilgan. Shuningdek, klimaksning nutq jarayonida kommunikativ samaradorlikni oshirishdagi o‘rni, nutqning ekspressivligini kuchaytirishdagi roli hamda badiiy, publitsistik, ilmiy va notiqlik nutqlarida qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida klimaksning mantiqiy, emotsional, miqdoriy va sintaktik turlari aniqlanib, ularning nutqdagi funksional xususiyatlari misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, klimaksning antiklimaks bilan o‘zaro aloqasi hamda ularning nutqdagi stilistik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan. Mazkur tadqiqot natijalari nutq stilistikasi, pragmalingvistika, diskurs tahlili hamda notiqlik san’atini o‘rganishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ushbu ish natijalaridan tilshunoslik, nutq madaniyati, stilistika hamda pragmatika yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalanish mumkin.
Fields of Study & Subjects
Linguistics and Discourse Analysis
Linguistic research and analysis
Syntax
Semantics
Linguistic Variation
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 28 March 2026
- Document type
- Dataset