Raqamli muhitda maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarining qo'shimcha ta'limini tashkil etish: tadqiqotlar sharhi

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Dilorom Amanova
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Mazkur maqolada raqamli muhit sharoitida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining qo‘shimchata’limini tashkil etish muammosiga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Maqolaning asosiy maqsadi so‘nggiyillarda chop etilgan ilmiy manbalarda yoritilgan maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining raqamli muhitda qo‘shimchata’limini tashkil etishning pedagogik, ijtimoiy va psixologik jihatlariga oid tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashdaniborat. Tadqiqot ingliz tilida chop etilgan, ilmiy nashrlar indekslangan bazalarda qidiruv tizimlari orqali olib borildi hamdabelgilangan mezonlar asosida tahlil qilindi. Raqamli muhitdan foydalangan holda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilariningqo‘shimcha ta’limi quyidagi jihatlar bo‘yicha o‘rganildi: pedagogik jihatlar (qo‘shimcha ta’limni amalga oshirishshakllari va formatlari; o‘qitish texnologiyalari va o‘quv jarayonini tashkil etish turlari; qo‘llanilayotgan raqamli vositalar;qayta aloqa mexanizmlari va ta’lim natijalarini baholash), psixologik jihatlar (XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish), ijtimoiyjihatlar (raqamli muhitning qo‘shimcha ta’lim tizimiga kirib borish darajasi; ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikni kamaytirishimkoniyatlari; ijtimoiy identifikatsiyaning xususiyatlari). Tahlil natijalariga ko‘ra, raqamli muhitda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilariningqo‘shimcha ta’limini o‘rganish muammosi hanuzgacha ilmiy hamjamiyat e’tiborining chekka sohasidaqolayotgani aniqlandi. Asosan, raqamli muhitdan foydalanish an’anaviy oflayn mashg‘ulotlar kontekstida ko‘rib chiqiladi.Dunyo miqyosida qo‘shimcha ta’lim uchun mo‘ljallangan onlayn mahsulotlarning jadal rivojlanishi va ular bo‘yicha ilmiytadqiqotlarning yetarli darajada yoritilmagani ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borishni nihoyatda dolzarb etadi.

Fields of Study & Subjects

Child Development and Digital Technology Early Childhood Education and Development Education Systems and Policies

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
16 March 2026
Language
UZ