IPAK MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH JARAYONINING TEXNOLOGIK VA SIFAT KO'RSATKICHLARI
Summary
No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.
Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ipak sanoati tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishjarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan sifat nazoratitizimini shakllantirish masalalari kompleks tarzda o‘rganilgan. Tadqiqotda pilla yetishtirishdan boshlab ipak iplarini ishlabchiqarishgacha bo‘lgan texnologik zanjir bosqichma-bosqich tahlil qilinib, har bir bosqichda sifat ko‘rsatkichlari, muhimnazorat nuqtalari va ularning asosini tashkil etuvchi texnik standartlar aniqlangan.Maqolada OEKO-TEX® Standard 100 va GOTS kabi xalqaro sifat hamda ekologik standartlar talablari asosida ishlabchiqarish jarayonini baholash yondashuvi qo‘llanilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabulqilingan normativ-huquqiy hujjatlar, soha bo‘yicha xalqaro va mahalliy ilmiy adabiyotlar hamda amaliy tajriba natijalarigatayangan holda ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.Tadqiqot metodologiyasi sifatida texnologik xaritalar, standartlar tahlili hamda sifat ko‘rsatkichlarini baholash usullarigaasoslangan tizimli yondashuv qo‘llanilgan. Natijada ipak mahsulotlari sifatini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarinitakomillashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan texnologik hamda nazorat mexanizmlari asoslabberilgan.
Fields of Study & Subjects
Silkworms and Sericulture Research
Quality and Management Systems
Global trade
sustainability
and social impact
Publication details
- Journal / source
- MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
- Publication date
- 1 March 2026
- Language
- UZ