MUHAMMAD YUSUF IJODIDA VATANPARVARLIK VA XALQONA POETIK IFODA

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Jamshidova Jasmina Jamshid qizi, Ortiqova E'tibor Shuxratovna
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri — Muhammad Yusuf ijodi tahlil qilinadi. Shoirning she’rlari insonning ichki dunyosi, sevgi, hayot va vatanparvarlik kabi yuksak mavzularni oddiy, ammo chuqur ma’no kasb etgan obrazlar orqali yoritib beradi. Asosiy e’tibor Muhammad Yusufning vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati, uning she’riy ifodasi va bu tuyg‘ularni xalqona timsollar — ona, opa-singil, yurtdosh obrazlari orqali ifodalash uslubiga qaratilgan. Maqolada shoirning "Izhori dil", "O‘zbekiston" kabi she’rlari asosida vatanni onaga, opa-singilga qiyos qilish orqali vatanparvarlik, sadoqat, mehr-oqibat kabi g‘oyalar qanday badiiy yuksaklikda tasvirlangani yoritiladi. Muhammad Yusuf she’riyatidagi soddalik, samimiylik va xalqona ruh uning xalq orasidan chiqib, xalq yuragiga yetgan shoir bo‘lganini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada shoirning ijodiy tamoyillari, ya’ni she’rni “ko‘chadan topish” haqidagi fikri tahlil qilinib, uning hayotiy voqelikni poeziyaga olib kirishdagi mahorati ochib beriladi. Muallif Muhammad Yusuf she’riyatini shunchaki adabiy meros emas, balki vatan oldidagi ma’naviy burch deb baholaydi.

Fields of Study & Subjects

Poetry Analysis and Criticism Turkish Literature and Culture Literary Analysis and Cultural Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
30 March 2026