MUSHAK DISTROFIYASI VA DENERVATSIYASIDA BIOKIMYOVIY OʻZGARISHLAR.

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Xushvaqova Malika Botirali qizi ,Baxriddinova Gulnora Isomiddin qizi ,Oʻrinboyev Ogʻabek Elbekovich, Worldy Knovledge Publishing Centre
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Mushak distrofiyasi va denervatsiya skelet mushagining strukturaviy va metabolik barqarorligini buzadigan asosiy patologik holatlar hisoblanadi. Ularning rivojlanishida mushak tolasi membranasining shikastlanishi, kalsiy ionlari muvozanatining buzilishi, mitoxondrial nafas olish zanjiri faoliyatining pasayishi, oksidlovchi stressning kuchayishi hamda oqsil parchalanish jarayonlarining ustunlashuvi muhim oʻrin tutadi. Mushak distrofiyalarida, ayniqsa distrofinga bogʻliq shakllarda, qon zardobida kreatinkinaza, laktatdegidrogenaza, aspartat aminotransferaza va alanin aminotransferaza faolligi oshishi mushak membranasining oʻtkazuvchanligi buzilganini koʻrsatadi. Denervatsiyada esa mushak massasining tez kamayishi, oqsil sintezining susayishi, ubikvitin-proteasoma tizimi va autofagiya faollashuvi, mitoxondrial disfunksiya hamda reaktiv kislorod turlarining toʻplanishi kuzatiladi. Mazkur maqolada mushak distrofiyasi va denervatsiya jarayonlarida yuzaga keladigan biokimyoviy oʻzgarishlar, ularning patogenezdagi ahamiyati va klinik diagnostikadagi oʻrni tahlil qilinadi.

Fields of Study & Subjects

Muscle Physiology and Disorders Mitochondrial Function and Pathology Meat and Animal Product Quality

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
2 April 2026
Language
UZ
Document type
Dataset