TАBIIY FАNLАR (SCIENCE)NI OʻQITISHDА FАN OʻQITUVCHILАRINING OʻQUV METODIK TАYYORGАRLIGINI TАKOMILLАSHTIRISH.

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Ergasheva Malohat Tursunovna
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

KIRISH: bugungi kunda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida tabiiy fanlarni (science) o'qitish sifatini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Tabiiy fanlar o'quvchilarda ilmiy tafakkur, mantiqiy fikrlash, tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli tabiiy fanlarni samarali o'qitish ko'p jihatdan fan o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi hamda ularning o'quv-metodik tayyorgarligiga bog'liqdir. Zamonaviy ta'lim jarayonida pedagoglardan nafaqat fan bo'yicha chuqur bilim, balki innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash, interfaol metodlardan foydalanish hamda o'quvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish kabi ko'nikmalar talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, fan o'qituvchilarining o'quv-metodik tayyorgarligini takomillashtirish dolzarb pedagogik masalalardan biri hisoblanadi. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi — tabiiy fanlarni o'qitishda fan o'qituvchilarining o'quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash imkoniyatlarini o'rganish hamda o'qitish jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatish, tahlil qilish, taqqoslash, so'rovnoma, suhbat hamda tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi, pedagogika va ta'lim texnologiyalari bo'yicha ilmiy adabiyotlar o'rganildi. Tadqiqot doirasida fan o'qituvchilarining metodik tayyorgarlik darajasi, dars jarayonida qo'llanilayotgan o'qitish usullari hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash imkoniyatlari tahlil qilindi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, tabiiy fanlarni samarali o'qitishda o'qituvchilarning metodik tayyorgarligi muhim omillardan biridir. O'qituvchilarning zamonaviy o'qitish metodlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va interfaol ta'lim usullarini qo'llashi o'quvchilarning bilim darajasini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, laboratoriya mashg'ulotlari, tajribalar, loyiha va tadqiqot asosidagi ta'lim usullaridan foydalanish o'quvchilarning fanlarga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Tadqiqot jarayonida fan o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini oshirish uchun malaka oshirish kurslari, metodik seminarlar hamda amaliy mashg'ulotlarni keng joriy etish zarurligi aniqlandi. XULOSA: tabiiy fanlarni samarali o'qitish o'qituvchilarning yuqori darajadagi kasbiy va metodik tayyorgarligini talab etadi. Fan o'qituvchilarining o'quv-metodik kompetensiyasini rivojlantirish ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, innovatsion yondashuvlardan foydalanish hamda metodik ta'minotni takomillashtirish tabiiy fanlarni o'qitish jarayonining samaradorligini yanada oshiradi.

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Teacher Development Science Education and Pedagogy Educational Methods and Outcomes

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 January 2026
Language
RU