PEDAGOGIK FAOLIYATDA TALABALARNING FUQAROLIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING AHAMIYATI.

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Yuldasheva Mashxura Muzafarovna
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

KIRISH: zamonaviy ta'lim tizimi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri sifatida talabalarda nafaqat kasbiy bilim va ko'nikmalarni, balki ularning fuqarolik pozitsiyasini ham shakllantirishni talab etadi. Fuqarolik pozitsiyasi – bu shaxsning jamiyatdagi o'rni, ijtimoiy mas'uliyati, huquq va burchlarini anglash darajasi bilan belgilanadi. Globalizatsiya sharoitida turli fanlar o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni hisobga olgan holda, fanlararo integratsiya ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida namoyon bo'lmoqda. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda fanlararo integratsiya orqali talabalarda keng dunyoqarash, tanqidiy fikrlash va ijtimoiy faollikni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi pedagogik faoliyat jarayonida fanlararo integratsiyaning talabalarning fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishdagi o'rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash hamda uning samarali usullarini aniqlashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida pedagogika, psixologiya va sotsiologiya fanlariga oid ilmiy adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ilg'or pedagogik tajribalar tahlil qilindi. Metod sifatida tahlil, sintez, taqqoslash, kuzatish, anketa so'rovlari va eksperimental metodlardan foydalanildi. Fanlararo integratsiyani amalga oshirishda loyiha metodi, muammoli ta'lim, interfaol usullar va keys-stadi texnologiyalari qo'llanildi. NATIJA VA MUHOKAMA: o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan ta'lim jarayonida talabalar ijtimoiy muammolarga nisbatan faolroq munosabat bildira boshlaydi. Masalan, tarix, huquq va adabiyot fanlarini integratsiyalash orqali talabalar jamiyat rivojlanish bosqichlari, fuqarolik huquqlari va insoniy qadriyatlarni chuqurroq anglaydi. Bundan tashqari, fanlararo yondashuv talabalarda quyidagi kompetensiyalarni rivojlantiradi: tanqidiy va mustaqil fikrlash; ijtimoiy mas'uliyatni his qilish; jamoada ishlash va muammolarni hal qilish; fuqarolik ongining shakllanishi. Muhokamalar natijasida aniqlanishicha, an'anaviy yondashuvga nisbatan fanlararo integratsiya asosidagi ta'lim talabalarni real hayotiy vaziyatlarga tayyorlashda samaraliroq hisoblanadi. Shu bilan birga, pedagoglardan yuqori darajadagi metodik tayyorgarlik va kreativ yondashuv talab etiladi. XULOSA: pedagogik faoliyatda fanlararo integratsiya talabalarning fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. U talabalarning ijtimoiy ongini shakllantirish, jamiyatdagi o'rnini anglash va faol fuqarolik pozitsiyasini egallashiga xizmat qiladi. Shu bois, ta'lim jarayonida fanlararo integratsiyaga asoslangan metodlarni keng joriy etish zamon talabi hisoblanadi.

Fields of Study & Subjects

Citizenship Education and Democracy Educational methodologies and cognitive development Educator Training and Historical Pedagogy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 January 2026
Language
RU