FRANSUZ TILI DARSLARIDA "AFFEKTIV (HISSIY) FILTR"NI KAMAYTIRISH VOSITASI SIFATIDA IJODIY-NUTQIY LOYIHALARNING SAMARADORLIGI.

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Xolova Shahnoza Davronovna, Narzulloyeva Dilfuza Bahriddin qizi
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

KIRISH: bugungi globallashuv jarayonida chet tillarini o'rganish jarayoni nafaqat lingvistik bilimlarni egallash, balki o'quvchilarning psixologik holatini ham hisobga olishni talab etadi. Xususan, "affektiv filtr" tushunchasi til o'rganishda muhim omil bo'lib, u o'quvchilarning qo'rquv, ishonchsizlik, stress kabi hissiy holatlari bilan bog'liq to'siqlarni anglatadi. Ushbu tushuncha til o'rganish samaradorligini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Fransuz tili darslarida o'quvchilarning erkin fikrlashi, o'zini ifoda etishi va nutqiy faoliyatga faol jalb etilishi uchun affektiv filtrni kamaytirish zarur. Shu nuqtai nazardan, ijodiy-nutqiy loyihalar samarali pedagogik vosita sifatida ahamiyat kasb etadi. Mazkur yondashuv o'quvchilarning qiziqishini oshiradi, ularning nutqiy kompetensiyasini rivojlantiradi va psixologik to'siqlarni kamaytiradi. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - fransuz tili darslarida ijodiy-nutqiy loyihalardan foydalanish orqali o'quvchilarda affektiv (hissiy) filtrni kamaytirish va bu orqali ularning nutqiy faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: mazkur tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: Nazariy tahlil - affektiv filtr nazariyasi va ijodiy ta'lim texnologiyalariga oid ilmiy adabiyotlarni o'rganish. Pedagogik kuzatuv - fransuz tili darslarida o'quvchilarning faoliyati va hissiy holatini kuzatish. Eksperimental metod - ijodiy-nutqiy loyihalarni amaliyotda qo'llash. So'rovnoma va testlar - o'quvchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi, motivatsiyasi va nutqiy faolligini aniqlash. Tadqiqot jarayonida o'quvchilarga quyidagi turdagi ijodiy loyihalar taklif etildi: Rol o'ynash (dialog va sahna ko'rinishlari). Miniprezentatsiyalar. Hikoya tuzish va taqdim etish Video va audio loyiha ishlari NATIJA VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, ijodiy-nutqiy loyihalardan foydalanish o'quvchilarning affektiv filtrini sezilarli darajada kamaytiradi. Xususan: O'quvchilarda nutqiy qo'rquv kamaydi, o'ziga ishonch ortdi, darslarda faollik va ishtirok darajasi oshdi, fransuz tilida erkin fikr bildirish ko'nikmalari shakllandi. Ijodiy loyihalar orqali o'quvchilar o'zlarini erkin his qila boshladilar, bu esa ularning psixologik to'siqlarini bartaraf etishga yordam berdi. Shuningdek, dars jarayonida ijobiy muhit shakllandi, bu esa o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi samarali muloqotni kuchaytirdi. XULOSA: fransuz tili darslarida ijodiy-nutqiy loyihalardan foydalanish affektiv filtrni kamaytirishda samarali vosita hisoblanadi. Ushbu yondashuv o'quvchilarning psixologik holatini yaxshilaydi, nutqiy faoliyatini rivojlantiradi va chet tilini o'zlashtirish samaradorligini oshiradi. Shu bois, zamonaviy ta'lim jarayonida ijodiy yondashuvlar va interfaol metodlardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Fields of Study & Subjects

French Language Learning Methods EFL/ESL Teaching and Learning Communication in Education and Healthcare

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 January 2026
Language
RU