TALABALARNING FALSAFIY TAFAKKURINI FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA SHAKLLANTIRISHNING TAJRIBA-SINOV NATIJALARI.

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Doniyorova Maftuna Saitmurot qizi
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

KIRISH: hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri — bu talabalarda mustaqil, tanqidiy va falsafiy tafakkurni shakllantirishdan iborat. Zamonaviy jamiyatda shaxsning muvaffaqiyati uning nafaqat bilim darajasi, balki ushbu bilimlarni turli vaziyatlarda qo'llay olish, tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyatiga ham bog'liqdir. Shu nuqtai nazardan, fanlararo integratsiya asosida ta'limni tashkil etish muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Fanlararo integratsiya turli fanlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'minlash orqali talabalar tafakkurini kengaytiradi, ularda yaxlit dunyoqarashni shakllantiradi. Ayniqsa, falsafiy tafakkur — bu voqelikni chuqur anglash, sabab-oqibat bog'liqliklarini tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish jarayonidir. Shu sababli, ushbu tadqiqotda talabalarining falsafiy tafakkurini fanlararo integratsiya asosida rivojlantirish masalasi dolzarb hisoblanadi. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi — talabalarining falsafiy tafakkurini fanlararo integratsiya asosida shakllantirishning samaradorligini aniqlash va uni pedagogik jihatdan asoslashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, tajribasinov ishlari, suhbat, anketa, test va tahlil metodlaridan foydalanildi. Tajriba ishlari Chirchiq davlat pedagogika universiteti San'atshunoslik fakulteti "Tasviriy san'at" yo'nalishi magistrantlari ishtirokida olib borildi. Tadqiqot davomida talabalar ikki guruhga — tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhida fanlararo integratsiyaga asoslangan o'qitish metodlari qo'llanildi. Bunda falsafa, pedagogika, psixologiya, san'atshunoslik kabi fanlar o'zaro bog'liq holda o'qitildi. Muammoli ta'lim, interaktiv metodlar, "aqliy hujum", klaster, konseptual xaritalar kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo'llanildi. Nazorat guruhida esa an'anaviy o'qitish metodlari asosida mashg'ulotlar olib borildi. Tajriba natijalari boshlang'ich va yakuniy bosqichlarda taqqoslab tahlil qilindi. NATIJA VA MUHOKAMA: tajriba-sinov natijalari shuni ko'rsatdiki, fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan ta'lim jarayoni talabalarining falsafiy tafakkurini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega. Tajriba guruhidagi talabalar muammoli vaziyatlarni chuqur tahlil qilish, fanlar o'rtasidagi bog'liqlikni anglash, mustaqil fikr yuritish va o'z nuqtai nazarini asoslashda sezilarli yutuqlarga erishdilar.Ularning mantiqiy fikrlash, umumlashtirish, tahlil qilish va ijodiy yondashuv ko'nikmalari rivojlandi. Ayniqsa, san'at asarlarini falsafiy jihatdan tahlil qilish, ularni ijtimoiy va madaniy kontekstda baholash qobiliyatlari oshgani kuzatildi.Nazorat guruhida esa bunday ko'rsatkichlar nisbatan past bo'lib, talabalar ko'proq tayyor bilimlarni o'zlashtirish bilan cheklanib qoldilar. Bu esa an'anaviy ta'lim usullarining cheklanganligini ko'rsatadi. Natijalar shuni tasdiqladiki, fanlararo integratsiya talabalarni tizimli fikrlashga o'rgatadi, ularda kompleks yondashuvni shakllantiradi va bilimlarni turli sohalarda qo'llay olish imkonini beradi. XULOSA: o'tkazilgan tadqiqot natijalari fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan ta'lim jarayoni talabalarining falsafiy tafakkurini rivojlantirishda samarali ekanligini ko'rsatdi. Ushbu yondashuv talabalarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, umumlashtirish va ijodiy yondashuv ko'nikmalarini shakllantiradi. Shu sababli, oliy ta'lim tizimida fanlararo integratsiyani keng joriy etish, o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish zarur.

Fields of Study & Subjects

Educational methodologies and cognitive development Education and Critical Thinking Development Education Philosophy and Society

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 January 2026
Language
RU