ISHBILARMONLIK MADANIYATLARNING KONVERGENSIYASI VA DIVERGENSIYASI: NAZARIY TAHLIL.

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Zunnunova Umida G'ulomovna, Qaytarov Xasan Shonazarovich
Cited by: 0

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

KIRISH: maqolada globallashuv sharoitida ishbilarmonlik madaniyatlarining transformatsiyasi konvergensiya va divergensiya nazariyalari doirasida tahlil qilinadi. Zamonaviy iqtisodiy integratsiya, transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi turli madaniyatlar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, global integratsiya jarayonlari ishbilarmonlik madaniyatlarining bir xillashuviga olib keladimi yoki milliy xususiyatlar saqlanib qoladimi, degan ilmiy muammo dolzarbligicha qolmoqda. MAQSAD: ishbilarmonlik madaniyatlarining konvergensiya, divergensiya va krossvergensiya yondashuvlari asosida rivojlanish mexanizmlarini tizimli tahlil qilish hamda ularning zamonaviy xalqaro biznes muhitida namoyon bo'lish xususiyatlarini aniqlashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot asosan nazariy yondashuvga asoslangan bo'lib, unda mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili orqali ishbilarmonlik madaniyatlarining konvergensiya va divergensiya jarayonlari o'rganildi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiyot, menejment, sotsiologiya va madaniyatshunoslik sohalariga oid ilmiy manbalar tizimli ravishda ko'rib chiqildi hamda ularning o'zaro bog'liqligi doirasida kompleks tahlil amalga oshirildi. Metodologik jihatdan ishda nazariy sintez usuli muhim o'rin egalladi. Ushbu usul orqali konvergensiya, divergensiya va krossvergensiya konsepsiyalari mavjud ilmiy qarashlar asosida umumlashtirildi, ularning o'xshash va farqli jihatlari aniqlashtirildi. Shuningdek, institutsional tahlil yondashuvi asosida ilmiy adabiyotlarda keltirilgan huquqiy tizimlar, mehnat bozori va davlat boshqaruvi modellari ta'siri tahlil qilindi. Bundan tashqari, komparativ tahlil elementi ham qo'llanilib, turli mamlakatlar va madaniy kontekstlarga oid ilmiy tadqiqotlar natijalari o'zaro solishtirildi. Bu esa ishbilarmonlik madaniyatlarining shakllanishi va rivojlanishidagi umumiy va o'ziga xos tendensiyalarni aniqlash imkonini berdi. Umuman olganda, tadqiqotning metodologik bazasi ilmiy adabiyotlarni chuqur tahlil qilishga tayangan bo'lib, bu yondashuv ishbilarmonlik madaniyatlarining konvergensiya va divergensiya jarayonlarini nazariy jihatdan asoslash va tizimli tushuntirish imkonini berdi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari ishbilarmonlik madaniyatlari rivoji murakkab va ko'p qatlamli jarayon ekanini ko'rsatdi. Texnologik taraqqiyot va global raqobat ta'sirida ishlab chiqarish hamda boshqaruvda umumiy standartlar shakllanib, TQM, lean production va agile management kabi yondashuvlar konvergensiya kuchayayotganini tasdiqlaydi. Biroq madaniy qadriyatlar, ijtimoiy me'yorlar va institutsional muhit ta'sirida divergensiya ham saqlanib qolmoqda, ayniqsa liderlik, kommunikatsiya va HR jarayonlarida farqlar mavjud. Shu bilan birga, global va lokal omillar uyg'unlashuvi natijasida krossvergensiya — ya'ni gibrid boshqaruv modellari shakllanmoqda. Ushbu holatni izohlash uchun "selektiv konvergensiya" modeli taklif etilib, unga ko'ra texnologik darajada yaqinlashuv, madaniy darajada esa tafovutlar saqlanib, zamonaviy biznes muhitida dualistik rivojlanish yuzaga keladi. XULOSA: tadqiqot ishbilarmonlik madaniyatlarining rivojlanishi konvergensiya va divergensiya jarayonlarining o'zaro uyg'unligi asosida kechishini ko'rsatdi. Texnologik va operatsion sohalarda yaqinlashuv kuchaygan bo'lsa-da, madaniy va institutsional farqlar barqaror saqlanib qolmoqda. Bu jarayon O'zbekiston biznes muhiti uchun ham xos bo'lib, global standartlar va milliy xususiyatlar integratsiyasiga asoslangan gibrid boshqaruv modellari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Fields of Study & Subjects

Globalization and Cultural Identity Global and Cross-Cultural Management Language Communication and Linguistic Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
1 January 2026
Language
RU