TA’LIM JARAYONINING SAMARADORLINI OSHIRISHDA MUAMMOLI TA’LIMNING AHAMIYATI

Read full text
Authors: Z.K.Kаlеndаrоvа, Gulxayo Muqimova
Cited by: 0

Abstract

Maqolada muammoli ta’lim zamonaviy pedagogik texnologiyalar orasida o‘quvchilarning bilish faolligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga eng samarali yondashuvlardan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu metod o‘quvchilar oldiga maxsus ishlab chiqilgan muammoli vaziyatlarni qo‘yish, ularni tahlil qilish, farazlar ilgari surish va yechim topishga yo‘naltirish orqali ta’lim sifatini oshirishi borasida fikr yuritilgan. Jarayon davomida o‘quvchi passiv tinglovchidan faol ishtirokchi darajasiga ko‘tarilishi, bu esa o‘zlashtirish samaradorligini sezilarli kuchaytirishi tahlil qilingan. Amaliy qismda muammoli vaziyatlar asosida tashkil etilgan dars mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning bilimlarni chuqur va ongli o‘zlashtirishi, ta’lim jarayonidagi faolligi va o‘quv motivatsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Muammoli ta’limning afzalligi shundaki, u o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, mantiqiy tahlil, ijodkorlik va mas’uliyat kabi muhim kompetensiyalarni shakllantiradi. Bunday yondashuv o‘quvchini mustaqil izlanishga undaydi, bilimlarni chuqurroq anglash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Shu bilan birga, muammoli vazifalar o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirib, motivatsiyani mustahkamlaydi. Tadqiqot natijalari muammoli ta’lim metodlaridan samarali foydalanish o‘quvchilarda tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga, bilimlarni real vaziyatlarda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Problem and Project Based Learning Educational methodologies and cognitive development Educational Methods and Teacher Development

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
13–15
Publication date
15 January 2026