BO‘LAJAK TARJIMONLAR TAYYORLASHDA LINGVOMADANIY VA KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlash jarayonida lingvomadaniy va kommunikativ kompetentlikni shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tarjimonlik faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan lingvomadaniy bilimlar va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik asoslarini aniqlashdan iborat. Maqolada lingvomadaniy va kommunikativ kompetentlik tushunchalarining mazmuni ochib berilib, ularning tarjimon kasbiy faoliyatidagi o‘rni asoslanadi. Tadqiqot jarayonida pedagogik va lingvistik adabiyotlar tahlil qilinib, zamonaviy tarjimon tayyorlash modelida lingvomadaniy va kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan metodlar, usullar va ta’lim texnologiyalari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari lingvomadaniy va kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish tarjimonlarning kasbiy faoliyatida samarali muloqot olib borishi, madaniyatlararo tafovutlarni to‘g‘ri anglash va tarjima sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari tarjimonlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Translation Studies and Practices
Education
Innovation and Language Studies
Linguistic Education and Pedagogy
Publication details
- Journal / source
- QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Volume
- 17
- Pages
- 30–33
- Publication date
- 15 January 2026