O‘Z USTIDA ISHLASH VA O‘Z-O‘ZINI TARBIYALASHNING ASOSIY USULLARI

Read full text
Authors: Nigora Muhtarova
Cited by: 0

Abstract

Maqolada shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarining mazmuni, tarkibiy qismlari hamda bosqichlari yoritilgan. Shaxsning o‘z ustida ishlashi, o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini baholash mexanizmlarining psixologik-pedagogik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini rivojlantirish usullari, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va o‘z faoliyatini baholashdagi qiyinchiliklar, shuningdek, o‘z-o‘zini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilgan. O‘z-o‘zini tarbiyalashning shaxs taraqqiyoti va pedagogik mahorat shakllanishidagi o‘rni asoslab berilgan. O‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash – bu insonning shaxsiy rivojlanish yo‘lida bir-birini to‘ldiruvchi jarayonlardir. O‘z ustida ishlash – bu bilim, ko‘nikma, sog‘liq va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash orqali hayot sifatini oshirishga intilishdir. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini tarbiyalash insonning ichki dunyosini, xulq-atvorini va axloqiy fazilatlarini shakllantirishga qaratilganligi maqolada ko‘rsatib berilgan.

Fields of Study & Subjects

Reflective Practices in Education Psychology of Development and Education Teacher Education and Leadership Studies

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
64–67
Publication date
15 January 2026