TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA KASBIY KOMPETENTLIK

Read full text
Authors: Nigora Valixanova, Muqaddasxon Shukuraliyeva
Cited by: 0

Abstract

Maqolada kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining mazmun mohiyati, ta’lim-tarbiya jarayonida kasbiy kompetentlikning tarkibiy elementlari mohiyati va shakllanishi muhokama qilinadi. Kompetensiya – barcha turdagi resurslardan: bilim, ko‘nikma va tajribadan, faoliyat uslublaridan va samarali qurilmalardan foydalanib, kasbiy muammolarni hal qilishga va maqsadlarga erishishga tayyorlik ekanligi, kompetentlik esa ma’lum bir shaxsda qandaydir kompetensiyaning namoyon bo‘lishi, uni o‘zlashtirish o‘lchoviligi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada kasbiy kompetentlikning ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Kasbiy kompetentlikning ijtimoiy, maxsus, shaxsiy, texnologik va ekstremal komponentlari, ularni rivojlantirish metodikasi, shuningdek, pedagoglar oldidagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqola kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim jarayonini optimallashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritadi.

Fields of Study & Subjects

Competency Development and Evaluation Vocational Education and Training Education Methods and Technologies

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
68–71
Publication date
15 January 2026