FANLARARO INTEGRATSIYANING USLUBIY VA DIDAKTIK ASOSLARI
Abstract
Maqolada bugungi kun ta’lim talablari asosida fanlararo integratsiyaning nazariy-metodik asoslari, ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda uni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarda tizimli va yaxlit tafakkurni shakllantirishda fanlararo bog‘lanishlarning o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Integratsiya tushunchasining falsafiy, pedagogik va didaktik talqinlari tahlil qilinib, uning ta’lim mazmunini boyitish, bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, fanlararo integratsiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmlari, integrativ yondashuvning didaktik tamoyillar bilan uzviy bog‘liqligi hamda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bosqichlari izchil bayon etilgan. Tadqiqot davomida fanlararo integratsiyani joriy etishda uchraydigan tashkiliy, metodik va didaktik muammolar aniqlanib, ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Fanlararo integratsiya zamonaviy ta’limning muhim innovatsion yo‘nalishi ekanligi, u o‘quvchilarda tizimli fikrlash, ijodiy yondashuv va amaliy muammo yechish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
Fields of Study & Subjects
Educational methodologies and cognitive development
Education Methods and Technologies
Education
Psychology
and Social Research
Publication details
- Journal / source
- QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Volume
- 17
- Pages
- 72–75
- Publication date
- 15 January 2026