TIBBIYOT OLIYGOHLARI TALABALARIGA TIBBIY TERMINLARNI O‘RGATISHDA RAQAMLI KOMPETENSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada tibbiyot oliygohlari talabalariga tibbiy terminologiyani samarali o‘rgatishda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari keng yoritiladi. Raqamli ta’lim texnologiyalarining jadal rivojlanishi tibbiy ta’limda o‘quv jarayonini takomillashtirish, bilimni vizuallashtirish, klinik holatlarga yaqinlashtirilgan mashq imkoniyatlarini kengaytirish va talabalarning o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun yangi metodik yechimlarni taqdim etmoqda. Shuning uchun Quizlet, Kahoot, Quizizz, Medline, Merriam Webster Medical Dictionary, 3D Anatomy kabi raqamli platformalarning o‘quv jarayoniga integratsiya qilinishi talabalarning terminologik bilimlarini mustahkamlash, mantiqli tahlil qilish, klinik fikrlashni shakllantirish va mustaqil o‘rganish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Farmasevtika ta’lim va tadqiqot institutida o‘tkazilgan tadqiqot davomida raqamli vositalarning terminlarni tez va mazmunli o‘zlashtirish, ularni klinik kontekstda qo‘llash, to‘g‘ri talqin qilish hamda nutq jarayonida mantiqan bog‘lash kabi ko‘nikmalarni sezilarli darajada rivojlantirgani kuzatildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, multimodal kontent, gamifikatsiya elementlari, interfaol mashqlar va tezkor teskari aloqa talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini oshirish bilan birga, ularning kasbiy tayyorgarligini ham yangi bosqichga ko‘taradi. Natijada raqamli kompetensiyalar tibbiy ta’limda nafaqat texnik ko‘nikma sifatida, balki klinik tafakkur, terminologik aniqlik va kasbiy kommunikativ malakalarni shakllantiruvchi muhim pedagogik komponent sifatida namoyon bo‘ladi.
Fields of Study & Subjects
Innovations in Medical Education
Anatomy and Medical Technology
Medical and Biological Sciences
Publication details
- Journal / source
- QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Volume
- 17
- Pages
- 84–87
- Publication date
- 15 January 2026