MЕDIA MATNLARDA SARLAVHALAR TARJIMASINING PRAGMATIK-FUNKSIONAL AHAMIYATI

Read full text
Authors: Nodirabegim Sobirova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy ish media matnlaridagi sarlavhalarning tarjimasi jarayonida yuzaga keladigan pragmatik va funksional jihatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Sarlavha — axborot vositalarining eng muhim komponentlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchini matnga jalb qilish, asosiy g‘oyani qisqacha yetkazish va emotsional-ta’sirchanlikni shakllantirish vazifalarini bajaradi. Tadqiqotda turli tillarda yozilgan sarlavhalarning tarjima variantlari tahlil qilinib, ularning kommunikativ maqsadga mosligi, madaniyatlararo tafovutlar va konnotativ ma’nolarni saqlab qolish masalalari yoritiladi. Shuningdek, pragmatik adekvatlik va funksional ekvivalentlik prinsiplariga asoslanib, tarjimaning sifati va samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Ish natijalari tarjima nazariyasi va amaliyotida sarlavhalarni tarjima qilishda samarali yondashuvlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Translation Studies and Practices Linguistics and Discourse Analysis Linguistic research and analysis

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
88–92
Publication date
15 January 2026