MUHIDDIN OMONNING TARJIMONLIK FAOLIYATI
Abstract
Ushbu maqola XX asrning mashhur adib va olimi Muhiddin Omonning tarjimonlik faoliyatini tahlil qiladi. Tadqiqotning maqsadi Muhiddin Omonning tarjimonlikda milliy adabiyot va madaniyatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini, shuningdek, tarjima san’atidagi uslubiy yondashuvlarini yoritishdir. Shuningdek, maqolada Muhiddin Omonning “Bizni yod etsalar…” to‘plamiga kiritilgan Luis de Kamoens she’rlardan qilingan tarjimalar xususida so‘z yuritiladi. Badiiy tarjimada mutarjimning imkoniyatlari, jahon adabiyoti janrlarini o‘zbek tiliga o‘girishdagi mahorati tahlilga tortiladi. Maqolada tarjimonlik faoliyati bilan bog‘liq tarixiy va pedagogik aspektlar, tarjimaning sifatini oshirishga xizmat qilgan adabiy uslublar ham tahlil qilinadi. Shuningdek, Omonning tarjimonlikdagi milliy va badiiy didga urg‘u berishi, tarjimada milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish yo‘nalishidagi pedagogik ahamiyati ko‘rsatiladi.
Fields of Study & Subjects
Translation Studies and Practices
Comparative and World Literature
Turkish Literature and Culture
Publication details
- Journal / source
- QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Volume
- 17
- Pages
- 195–196
- Publication date
- 15 January 2026