MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQNING TOVUSH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Read full text
Authors: Sevara Maxmudova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari, metodik yo‘nalishlari hamda amaliy mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda ona tilidagi tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini rivojlantirish, fonematik eshitish, artikulyatsion apparat harakatchanligi, nutq nafasi, diksiyа, nutq tezligi va intonatsion ifodalilikni shakllantirish masalalari tizimli yondashuv asosida yoritilgan. Maqolada nutq tovushlarining buzilishiga olib keluvchi omillar (artikulyatsion nuqsonlar, fonematik eshitishning yetarli rivojlanmaganligi, noto‘g‘ri nutq muhiti va boshqalar) tahlil qilinib, ularning oldini olishda pedagogik kuzatuv, og‘zaki, amaliy va tahliliy metodlardan foydalanish samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida fonematik idrokni rivojlantirishga qaratilgan maxsus didaktik o‘yinlar majmuasi ishlab chiqilib, ularning tajriba-sinov natijalari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti misolida tahlil qilingan.

Fields of Study & Subjects

Language Development and Disorders Phonetics and Phonology Research Reading and Literacy Development

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
208–212
Publication date
15 January 2026