GIDROLIZLANUVCHI TANINLARNING KARDIOPROTEKTOR XUSUSIYATLARINI KARDIOMARKER FERMENTLAR ORQALI BAHOLASH

Read full text
Authors: Hayotbek Karimjonov, Azizbek Mutalipov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu tadqiqot gidrolizlanuvchi taninlarning ishemik yurak shikastlanishida kardioprotektiv faolligini kardiomarker fermentlar dinamikasi orqali baholashga qaratildi. Gidrolizlanuvchi taninlar polifenolik tuzilishga ega bo‘lib, ularning yuqori antioksidant salohiyati hujayra membranasini erkin radikallarning shikastlovchi ta’siridan himoyalashda muhim omil hisoblanadi. Miokard ishemiyasi sharoitida hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi oshishi natijasida CK-MB, LDH va AST kabi diagnostik fermentlarning qon zardobiga ajralib chiqish darajasi keskin ortadi. Shu bois ushbu fermentlarning faolligi taninlarning kardioprotektiv samaradorligini baholash uchun sezgir biokimyoviy marker sifatida tanlandi. Tadqiqotda gidrolizlanuvchi taninlarning antioksidant, antigipoksant va membranastabilizator xususiyatlari miokard to‘qimalarida oksidlovchi stress darajasini pasaytirishi, kaltsiy gomestazini me’yorlashtirishi hamda mitoxondriyal funksional barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashi orqali namoyon bo‘lishi aniqlandi. Shuningdek, taninlar ishemiyaga uchragan miokard hujayralaridan fermentlarning plazmaga chiqib ketishini cheklashi, lipid peroksidlanishi mahsulotlari hosil bo‘lishini kamaytirishi hamda miokard nekrozi jarayonining chuqurlashuvini sekinlashtirishi ko‘rsatildi. Olingan natijalar gidrolizlanuvchi taninlarning yurak ishemik shikastlanishida biokimyoviy ko‘rsatkichlarni barqarorlashtirish orqali kardioprotektiv ta’sir ko‘rsatishini, ularning potensial fitopreparat sifatidagi ahamiyatini va eksperimental kardioproteksiya modellarida qo‘llanish imkoniyatlarini ilmiy asoslaydi. Tadqiqot kardiomarker fermentlar yordamida taninlarning himoya mexanizmini baholashning samarali usul ekanini tasdiqlaydi.

Fields of Study & Subjects

Cardiac Ischemia and Reperfusion Phytochemicals and Antioxidant Activities Tannin Tannase and Anticancer Activities

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
216–219
Publication date
15 January 2026