KOMPOZITSION QURILISH INONCH AYTIMLARNING MUHIM KATEGORIYASI SIFATIDA

Read full text
Authors: Nodira Mo‘minova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining muhim qatlamini tashkil etuvchi inonch ayrimlari (irim-sirlar)ning kompozitsion tuzilishi tahlil qilinadi. Inonch ayrimlari xalqning qadimiy dunyoqarashi, mifologik tasavvurlari va hayotiy tajribasi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ularning ichki tuzilishi aniq semantik va mantiqiy izchillikka ega. Tadqiqot jarayonida inonch ayrimlarining kirish qismi, asosiy mazmuni va xulosaviy unsurlari aniqlanib, ularning barqaror va oʻzgaruvchan komponentlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, sabab–oqibat munosabatlari, shartlilik va ramziylik kabi kompozitsion belgilar ochib beriladi. Maqolada etnolingvistik va folklorshunoslik yondashuvlari asosida inonch ayrimlarining shakllanish omillari hamda ularning xalq tafakkuridagi funksional oʻrni yoritiladi. Tadqiqot natijalari oʻzbek folklori janrlarini tizimli oʻrganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Folklore Mythology and Literature Studies Cultural and Sociopolitical Studies Linguistics and Cultural Studies

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
243–246
Publication date
15 January 2026