IORDANIYA DAVLATINING MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI TAHLIL QILISHDA KORRELYATSION-REGRESSION BOG‘LANISHLAR

Read full text
Authors: Farkhod Ulugmurdov, Javlonbek Tojiboyev
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Iordaniya davlatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmiga ta’sir etuvchi omillar korrelyatsion-regression tahlil usullari yordamida chuqur o‘rganilgan. Tadqiqotda 2014–2024-yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlar asosida YaIM, aholi soni, sanoat va qurilish sohasi qo‘shilgan qiymati, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi, eksport va import hajmlarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan. Juft korrelyatsiya koeffitsientlari yordamida omillar o‘rtasidagi musbat va manfiy bog‘liqlik darajalari baholanib, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ayrim omillar ekonometrik modeldan chiqarib tashlangan. Ko‘p omilli regressiya modeli asosida har bir omilning YaIMga ta’sir kuchi aniqlanib, Fisher mezoni orqali modelning statistik ahamiyatliligi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Iordaniya iqtisodiyotida xizmatlar sohasi, sanoat ishlab chiqarishi hamda tashqi savdoning YaIM o‘sishidagi muhim rolini asoslab beradi. Ushbu ilmiy ish natijalari makroiqtisodiy tahlil, prognozlash va iqtisodiy siyosatni shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega

Fields of Study & Subjects

Economic Growth and Productivity Economic Growth and Fiscal Policies Economic Theory and Policy

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
255–259
Publication date
15 January 2026