DAVLAT XIZMATCHILARINING HUJJATLAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH VA FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Read full text
Authors: Umid Fozilov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada davlat boshqaruvi tizimida hujjatlar bilan ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda davlat xizmatchilarining ish yuritish bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi davlat idoralarida hujjatlar aylanishini tashkil etish, ijro intizomini ta’minlash va elektron hujjat aylanmasi tizimlaridan foydalanishning amaliy holatini tahlil qilishdan iborat. Maqolada tizimli va solishtirma tahlil, ekspert baholash hamda sotsiologik so‘rov usullaridan foydalanilgan. So‘rovnoma natijalari davlat xizmatchilarining ish hujjatlarini yuritish bo‘yicha bilimlari yetarli darajada emasligini hamda hujjatlarni rasmiylashtirish, tahlil qilish va ijrosini nazorat qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish zarurligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirish, elektron hujjat aylanmasini joriy etish va kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalar davlat boshqaruvi faoliyati samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Information Systems and Technology Applications Public Administration and Governance Public Administration in Developing Nations

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
275–279
Publication date
15 January 2026