BIOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHDA LOYIHAVIY TA’LIM ASOSIDA TALABALARNING BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Read full text
Authors: Maloxat Allayorova
Cited by: 0

Abstract

ushbu maqolada biologiya fanlarini o‘qitishda loyihaviy ta’lim texnologiyasini qo‘llash orqali talabalarning boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan metodika statistik tahlil asosida ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot davomida eksperimental va nazorat guruhlarida olingan ko‘rsatkichlar taqqoslandi, o‘rtacha qiymatlar, o‘sish sur’atlari va foizli farqlar aniqlanib, grafik va jadvallar yordamida tahlil qilindi. Natijalar loyihaviy ta’lim biologiya fanlarini o‘qitishda boshqaruv kompetentligini rivojlantirishda samarali pedagogik texnologiya ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot jarayonida loyihaviy ta’lim asosida ishlab chiqilgan metodikaning tarkibiy modeli, baholash mezonlari va amalga oshirish bosqichlari aniqlashtirildi. Tajriba-sinov natijalari asosida metodikaning pedagogik samaradorligi matematik-statistik tahlil yordamida tasdiqlandi hamda biologiya fanlarini o‘qitishda boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Fields of Study & Subjects

Science and Education Research Innovative Teaching and Learning Methods Innovative Teaching Methods

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
24–26
Publication date
11 February 2026
Language
UZ