TARIX DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO YONDASHUVDAN FOYDALANISH

Read full text
Authors: Akmaljon Qaxorov
Cited by: 0

Abstract

Maqolada tarix fanini o‘qitish jarayonining nazariy-metodik asoslari, tarix o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, tarixni chuqur va ilmiy asosda anglashda psixologiya, yordamchi va maxsus tarix fanlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, xronologiya, numizmatika, tarixiy geografiya va tarixiy kartografiya fanlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda tarixiy tadqiqot va ta’lim jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan. Mazkur maqolada tarix darslarini tashkil etishda fanlararo yondashuvdan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida tarix fanini boshqa ijtimoiy-gumanitar hamda tabiiy fanlar bilan integratsiya qilish o‘quvchilarning keng qamrovli tafakkurini shakllantirish, tarixiy voqea-hodisalarni kompleks anglash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Educator Training and Historical Pedagogy Philosophy History and Historiography Educational methodologies and cognitive development

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
76–78
Publication date
11 February 2026
Language
UZ