INGLIZ–O‘ZBEK TILLARIDA ISTAK/XOHISH KATEGORIYASINING DISKURSIV FUNKSIYALARI

Read full text
Authors: Feruzjon Sharipov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada istak/xohish kategoriyasining ingliz va o‘zbek tillarida namoyon bo‘lishi hamda uning diskursiv funksiyalari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot semantik-pragmatik va kognitiv yondashuv asosida olib borilib, istakni ifodalovchi grammatik, leksik va modallik vositalari o‘rganiladi. Ingliz tilida “wish”, “would like”, “hope”, “desire” kabi birliklar ko‘pincha hipotetiklik, muloyimlik strategiyasi va emotiv baholash funksiyalarini bajaradi. O‘zbek tilida esa “xohlamoq”, “istamoq”, “orzu qilmoq”, “-gim keladi” konstruktsiyalari subyektivlik, ijtimoiy-madaniy kontekst va nutq etiketi bilan chambarchas bog‘liq holda qo‘llanadi. Zamonaviy adabiy asarlardan olingan misollar istakning diskursiv yuklamasi, kommunikativ niyatni ifodalashdagi roli hamda shaxsiy va ijtimoiy identitetni shakllantirishdagi ahamiyatini ochib beradi.

Fields of Study & Subjects

Syntax Semantics Linguistic Variation Language Discourse Communication Strategies Turkic and Altaic Linguistics

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
134–136
Publication date
11 February 2026