MAHALLA INSTITUTLARIDA RAQAMLI BOSHQARUVNI YO‘LGA QO‘YISH VA ULARNI TADBIQ QILISH YO‘NALISHLARI

Read full text
Authors: Ravshanjon Axmedov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada mahalla institutlarida raqamli boshqaruvni joriy etishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi mahalla boshqaruvini an’anaviy hujjat aylanishiga asoslangan tizimdan ma’lumotlarga tayangan zamonaviy boshqaruv modeliga transformatsiya qilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Ishda raqamli boshqaruv konsepsiyalari, xorijiy tajriba (Estoniya va Janubiy Koreya modeli) hamda institutsional yondashuvlar asosida qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Tadqiqot natijasida mahalla institutlari uchun uch bosqichli raqamli transformatsiya modeli — raqamlashtirish, integratsiya va analitik boshqaruv bosqichlari — ishlab chiqildi. Taklif etilgan model yagona elektron reyestr, real vaqt monitoringi va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmlarini nazarda tutadi. Xulosa sifatida, raqamli boshqaruvni joriy etish mahalla faoliyatining shaffofligi va samaradorligini oshirish, ijtimoiy xizmatlar manzilliligini kuchaytirish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi institutsional ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi asoslab berildi.

Fields of Study & Subjects

E-Government and Public Services Smart Cities and Technologies Legal and Policy Issues

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
175–178
Publication date
11 February 2026
Language
UZ