FRАZЕОLОGIK LISОNIY MАNZАRАDА “QO‘L” KОMPОNЕNTINING MЕTАFОRIK INTЕRPRЕTАTSIYASI VА RАMZIY MА’NОLАRI

Read full text
Authors: Go‘zal Umarjonova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada somatik frazeologik birliklar (SFB) tizimida “qo‘l” (Hand) komponentining tutgan o‘rni, uning lingvistik xususiyatlari va kognitiv modellari nemis, rus va o‘zbek tillari misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson tana a’zolari nomlari bilan bog‘liq iboralarning lisoniy manzaradagi iyerarxiyasi statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Xususan, “qo‘l” komponentining inson faoliyati, ruhiy holati va ijtimoiy munosabatlaridagi metaforik interpretatsiyasi hamda ramziy ma’nolari ochib beriladi. Maqolada somatizmlarning nafaqat milliy-madaniy xususiyatlari, balki ularning umuminsoniy (universal) xarakteri hamda “Qutadgu bilig” asari misolida tarixiy ildizlari tahlilga tortilgan.

Fields of Study & Subjects

Language Metaphor and Cognition Linguistic research and analysis Language and Culture

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
179–181
Publication date
11 February 2026
Language
UZ