QISSACHILIKNING TARAQQIYOT TENDENSIYALARI VA O‘ZIGA XOSLIK

Read full text
Authors: Ergashev Aslbek Hamza o‘g‘li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada badiiylikni ta’minlashga xizmat qiluvchi qator masalalar o‘z ifodasini topadi. Unda diniy va dunyoviy, folklyor an’analarning aks etish prinsiplari ham talqin etiladi. O‘zbek qissachiligi taraqqiyot tendensiyalari tadrijiy bosqichda yuzaga chiqariladi. Ushbu maqolada o‘zbek qissachiligining taraqqiyot tendensiyalari, janrning o‘ziga xosligi va uning badiiy adabiyotdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Qissalar ichida diniy va dunyoviy motivlar, folklor an’analari, obrazlar va syujetning shakllanishi tadqiq etiladi. Maqolada shuningdek, qissada ayol obrazining badiiy talqini, tarixiy va ijtimoiy kontekst, jadidlar davri ta’siri, XX asr o‘zbek adabiyotida janrning rivojlanishi va uning xalq madaniyati bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola o‘zbek qissachiligida diniy-ma’rifiy qarashlar va dunyoviy tasvirning uyg‘unligi, folklor merosining zamonaviy yozma adabiyotga ta’siri hamda qissa janri poetikasi borasidagi ilmiy mulohazalarni o‘rganishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, maqola qissalarning ijtimoiy hayot, inson ruhiyati va qadriyatlarini aks ettirishdagi rolini yoritib beradi.

Fields of Study & Subjects

Folklore Mythology and Literature Studies Short Stories in Global Literature Cultural and Sociopolitical Studies

Publication details

Journal / source
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Volume
17
Pages
191–193
Publication date
11 February 2026
Language
UZ