QANDLI DIABET VA VITAMIN D YETISHMOVCHILIGI O‘RTASIDAGI BOG'LIQLIK
Abstract
Qandli diabet metabolik kasalliklar orasida keng tarqalgan bo‘lib, uning patogenezida turli gormonal omillar muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda vitamin D ning glyukoza almashinuvi va insulin sekretsiyasiga ta’siri keng o‘rganilmoqda. Ushbu tezis qandli diabet va vitamin D yetishmovchiligi o‘rtasidagi patogenetik hamda klinik bog‘liqlikni adabiyotlar tahlili asosida yoritishga bag‘ishlangan. Tahlillar natijasida qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda vitamin D yetishmovchiligi keng tarqalganligi, uning insulin rezistentligi kuchayishi va glyukemik nazoratning yomonlashuvi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Vitamin D darajasini baholash va yetishmovchilikni bartaraf etish qandli diabet kechishini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Vitamin D Research Studies
Diabetes Management and Research
Diabetes Treatment and Management
Publication details
- Journal / source
- Figshare
- Publication date
- 1 January 2026
- Document type
- Preprint