Realiyalar va ularning lingvokulturologik tavsifi (o‘zbek va turk tillari misolida)

View at publisher Summarise with VIRAT
Authors: Zarifov Akramjon Sherbobo o'g'li
Cited by: 0
References: 2

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va turk tillaridagi realiyalar lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Realiya til birliklari milliy-madaniy axborotni tashuvchi vosita sifatida talqin etilib, ularning semantik tuzilishi, konnotativ qatlamlari va madaniy yuklanishi ochib beriladi. Tadqiqotda realiya tushunchasining mohiyati, milliy belgilanganlik, ekvivalentlik masalalari hamda tarjimada yuzaga keladigan qiyinchiliklar yoritilgan. Maqolada o‘zbek va turk tillarida realiyalarning umumturkiylik belgilari bilan bir qatorda milliy o‘ziga xoslikni ifodalashdagi roli, “oila”, “marosim”, “mehmonnavozlik”, “keksaga hurmat” kabi konseptlar bilan bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra, ikki til realiyalari o‘xshash tematik maydonda faol qo‘llanadi, biroq ularning semantik-pragmatik xususiyatlarida farqlar mavjud bo‘lib, bu farqlar xalqning tarixiy taraqqiyoti va madaniy tajribasi bilan izohlanadi. Shuningdek, maqolada ekvivalentsiz realiyalar muammosi, ularni adekvat talqin qilish uchun madaniyatlararo kompetensiyaning zarurligi ta’kidlanadi.

Fields of Study & Subjects

Language and Culture Turkic and Altaic Linguistics Categorization perception and language

Publication details

Journal / source
RENESSANS TA’LIM XABARLARI
Pages
70–70
Publication date
2 February 2026
Language
UZ