Berdaqning xalq uchun amalga oshirgan xizmatlari sharhi

Read full text
Authors: Norbo'tayeva Muxlisa
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada qoraqalpoq xalqining mashhur shoiri va mutafakkiri Berdaqning hayot yo‘li, og‘ir ijtimoiy sharoitda voyaga yetgani hamda xalq uchun amalga oshirgan ma’naviy xizmatlari yoritilgan. Maqolada shoirning kambag‘al oilada tug‘ilib, diniy maktab va madrasada ta’lim olgani, bu holatlar uning hayotga va jamiyatga bo‘lgan falsafiy qarashlarining shakllanishiga ta’sir etgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Berdaq ijodida xalqning og‘ir turmush sharoiti, kambag‘allik va adolatsizlik masalalari “Yoz kelarmi”, “Bizlarga yordam ber” kabi asarlar misolida tahlil qilinadi. Maqolada shoirning diniy-falsafiy qarashlari, Xudo, taqdir va hayot mazmuni haqidagi fikrlari, shuningdek, Sharq mutafakkirlari va falsafiy meros bilan bog‘liq qarashlari yoritiladi. Tadqiqot natijasida Berdaq xalq manfaatini himoya qilgan, ma’naviy va falsafiy qarashlari bilan xalq ongini shakllantirishga xizmat qilgan ijodkor sifatida baholanadi.

Fields of Study & Subjects

Turkish Literature and Culture Cultural and Sociopolitical Studies Islamic Thought and Society Studies

Publication details

Journal / source
Central Asian Journal of Academic Research
Volume
4
Issue
2
Pages
122–124
Publication date
10 February 2026
Language
EN