TO'QIMALARNING QO'ZG'ALUVCHANLIGI VA BIOELEKTRIK JARAYONLARNING FIZIOLOGIK ASOSLARI

Read full text
Authors: Shaxnoza Ibragimova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu ilmiy ish tirik organizm to‘qimalarining qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarini va ularning fiziologik mexanizmlarini yoritishga bag‘ishlangan. Maqolada nerv, mushak va bez to‘qimalarining qo‘zg‘aluvchanlik darajasi, ularning tashqi va ichki ta’sirotlarga javob berish mexanizmlari batafsil tahlil qilingan. Qo‘zg‘alish jarayonida hujayralarda modda va energiya almashinuvi kuchayishi, kislorod sarfining ortishi hamda karbonat angidrid va issiqlik ajralishining ko‘payishi ilmiy asosda tushuntirilgan. Shuningdek, hujayra membranasida yuzaga keladigan bioelektrik hodisalar tinchlik potensiali va harakat potensialining shakllanishi, ion asimmetriyasi hamda natriy va kaliy ionlarining membrana orqali harakati yoritib berilgan. Qo‘zg‘alish jarayonining tarqalishi, uning qisqa vaqt ichida yuzaga kelishi va fiziologik ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, qo‘zg‘aluvchanlikni baholash mezonlari bo‘lgan reobaza va xronaksiyaning nazariy hamda amaliy ahamiyati ochib berilgan. Absolyut refrakterlik holati va uning yurak faoliyatidagi namoyon bo‘lishi misolida qo‘zg‘aluvchanlikning fiziologik cheklanishlari tahlil qilingan.

Fields of Study & Subjects

Ion channel regulation and function Ion Transport and Channel Regulation Plant and Biological Electrophysiology Studies

Publication details

Journal / source
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies
Volume
3
Issue
2
Pages
4–8
Publication date
7 February 2026
Language
EN