BADIIY KULOLCHILIK VA UNI USTA HUNARMANDLAR BILAN KLASTER ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-AMALIY JIHATLARI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada badiiy kulolchilikni rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda uni usta hunarmandlar bilan klaster asosida tashkil etishning konseptual va tashkiliy mexanizmlari tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida badiiy kulolchilikning madaniy va iqtisodiy mohiyati, sohada mavjud tizimli muammolar hamda ularni bartaraf etishda klaster yondashuvining ustun jihatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada usta hunarmandlarning klaster tizimidagi markaziy o‘rni, usta–shogird an’anasini saqlash va rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy dizayn yechimlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, klaster modeli asosida badiiy kulolchilikni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi, hududiy rivojlanish va milliy madaniy merosni asrashdagi ahamiyati yoritib berilgan. Tadqiqot natijalari badiiy kulolchilikni barqaror rivojlantirish, hunarmandlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy hunarmandchilikni zamonaviy kreativ industriya sifatida shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Cultural Industries and Urban Development
Public Administration
ICT
and Policy Development
Crafts
Textile
and Design
Publication details
- Journal / source
- Eurasian Journal of Academic Research
- Volume
- 6
- Issue
- 2
- Pages
- 54–61
- Publication date
- 7 February 2026
- Language
- EN