BOLALARDA EMOTSIONAL INTELLEKT RIVOJLANISHIDA MULTFILMLARNING ROLI

Read full text
Authors: Nasiba Tajimuratova, A.N. Urumbaeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada bolalarda emotsional intellekt rivojlanishida multfilmlarning roli psixologik va pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, so‘nggi yillarda qabul qilingan Prezident farmonlari va strategik hujjatlar asosida yosh avlodning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini shakllantirish masalasining dolzarbligi yoritiladi. Emotsional intellektning nazariy asoslari P.Salovey, J.Mayer, D.Goleman va L.Vygotskiy qarashlari asosida tahlil qilinadi hamda multfilmlarning emotsiyalarni anglash, boshqarish, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Natijada, multfilmlar ilmiy asoslangan yondashuv va ongli nazorat asosida qo‘llanilganda bolalar emotsional yetukligini shakllantirishning samarali vositasi ekanligi xulosa qilinadi

Fields of Study & Subjects

Child Development and Digital Technology Film in Education and Therapy Child Development and Education

Publication details

Journal / source
Eurasian Journal of Academic Research
Volume
6
Issue
2
Pages
281–285
Publication date
3 March 2026
Language
EN