Tabiiy landshaftlardan foydalanish imkoniyatlarining geografik jihatlari

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Doniyor Moʻminov, Tillaxon Abdusattorova
Cited by: 0
References: 1

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Bugungi kunda tabiiy landshaftlar antropogen ta’sir natijasida o‘z xususiyatini yo‘qotib bormoqda. Tabiat elementlaridan ilmiy asosda foydalanish ekologik havfsiz, iqtisodiy samarali natijalarga erishishga asos bo‘ladi. Mazkur ishda tabiiy landshaftlardan foydalanishning hududiy jihatlarini tadqiq etish asosiy maqsad qilib olingan. Yer resurslarini o‘rganishning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy geografik omillarni hisobga olish zaruriyati to‘g‘risida ma’lumotlar tahlil etilgan. Resurslardan samarali va ekologik xavfsiz foydalanish jihatlariga ahamiyat qaratilgan. Tadqiqotni amalga oshirishda hududiylik, landshaft-ekstrapolyatsiya, taqqoslash, kartografik usullardan kenf foydalanilgan. Tabiiy landshaftlar xususiyatiga ko‘ra balandlik zonalari bo‘yicha mintaqalarga ajratilgan. Har bir mintaqa komponentlarining tabiiy geografik xususiyatlari o‘rganilgan va mazkur xususiyatlaridan kelib chiqib xo‘jalikda foydalanish turlari tavsiya qilinadi. Farg‘ona viloyati hududi to‘rtta balandlik mintaqasiga ajratiladi. Xususan, balandligi 350-400 metr bo‘lgan birinchi mintaqa hududlarida o‘ziga xos geoekologik-landshaft ko‘rsatkichlari mavjud. Ikkinchi mintaqa esa yoyilmalarning markaziy qismini egallagan dengiz sathidan balandligi 400-600 metr bo‘lgan qiya tekislik rel’yefiga ega bo‘lga hududlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot ishida tabiatdan foydalanishda har bir mintaqaning hududiy jihatlarini inobatga olish borasida tavsiyalar berilgan. Hududdagi mavjud geografik-ekologik holatni baholash va xo‘jalik yuritishda geoekologik yondashuvlarga asoslanish muhimdir

Fields of Study & Subjects

Geography and Environmental Studies Urbanism Landscape and Tourism Studies Ecology Conservation and Geographical Studies

Publication details

Journal / source
Eurasian Journal of Academic Research
Volume
6
Issue
3
Pages
198–206
Publication date
1 April 2026
Language
EN