GENETIK ALGORITMLAR ASOSIDA NEYRON TARMOQLAR GIPERPARAMETRLARINI OPTIMALLASHTIRISH

Read full text
Authors: Nazarov Jasurbek
Cited by: 0

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada sun'iy neyron tarmoqlarning giperparametrlarini avtomatik optimallashtirish muammosi tadqiq etilgan. Giperparametrlarni an’anaviy usullar bilan optimallashtirish ko‘pincha samarasiz va resurs talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Tadqiqotda genetik algoritmlar yordamida neyron tarmoqlarning (o‘rganish tezligi, qatlamlar soni, neyronlar soni, aktivatsiya funksiyasi, bat hajmi kabi) giperparametrlarini avtomatik tanlash va optimallashtirish usuli taklif etilgan. Genetik algoritm populyatsiyasi har bir individ (xromosoma) orqali giperparametrlar to‘plamini ifodalaydi, moslik funksiyasi sifatida esa validatsiya to‘plamidagi aniqlik (accuracy) ishlatilgan. Tanlov, krossover va mutatsiya operatorlari yordamida avlodlar o‘tishi natijasida giperparametrlarning eng yaxshi kombinatsiyasi aniqlangan. MNIST, CIFAR-10 va Iris ma’lumotlar to‘plamlarida olib borilgan eksperimentlar natijasida taklif etilgan usulning an’anaviy usullarga (grid search, random search) qaraganda 15-25% tezroq va aniqroq optimallashtirish imkonini berishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu usul neyron tarmoqlarning ishlash ko‘rsatkichini o‘rtacha 3-8% oshirishi isbotlangan.

Fields of Study & Subjects

Metaheuristic Optimization Algorithms Research Machine Learning and Data Classification Evolutionary Algorithms and Applications

Publication details

Journal / source
Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
Volume
6
Issue
1
Pages
24–32
Publication date
13 January 2026
Language
EN